“Real” Italiyada to‘p tepayotgan sobiq futbolchisini o‘z safiga qaytarmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi “Latsio” markaziy himoyachisi Mario Xilani qaytarishga qiziqmoqda. Bu haqda Italiyaning “Lalaziosiamonoi” portali xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, “qirollik klubi” rahbariyati 24 yoshli ispaniyalik futbolchining A Seriyadagi o‘yinlaridan hayratda. Italiyaning yana bir grandi “Milan” ham Rim klubi futbolchisiga da’vogarlik qilmoqda.

Qayd etish joiz, Xila 2018 yildan 2022 yilgacha “qaymoqranglilar” akademiyasida to‘p tepgan, shundan so‘ng u 6 million yevro evaziga “Latsio”ga o‘tgan edi.

Joriy mavsumda Xila barcha turnirlarda 19 ta uchrashuvda qatnashib, 1 ta gol urdi. Umumiy hisobda, himoyachi maydonda 1337 daqiqa o‘tkazdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 28 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Latsio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing