“Real”ga qarshi o‘yin oldidan Husanovga imkon berilishi mumkin
Sport
−
07 fevral
10597Ertaga, 8 fevral kuni Angliya Kubogi 4-raundida “Manchester Siti” mehmonda “Leyton Oriyent”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahsning ahamiyati va o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning asosiy tarkibda tushish ehtimollarini ko‘rib chiqamiz.
“Machester Siti”ning qiyin taqvimidagi oson raqib
Gvardiola shogirdlarini fevral oyida qiyin o‘yinlar kutib turibdi. Aksiga olib, jamoaning asosiy futbolchilari jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqdi. Rodri, Diash, Doku kabilar bu oydagi o‘yinlarni o‘tkazib yuborish ehtimoli katta. Shu sababdan ertaga bo‘lib o‘tadigan Angliya Kubogi doirasidagi “Leyton Oriyent”ga qarshi bahsda murabbiy bir qancha yosh futbolchilarni asosiy tarkibda tushirib, sinab olish imkoniga ega bo‘ladi. Shu qatori o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ham katta ehtimol o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydi. Bu esa futbolchi uchun jamoaning asosiy himoyachisidan biriga aylanib olish uchun imkoniyatdir. Agar mana shu bahsda o‘zini ko‘rsata olsa, keyingi bahsda “Real”ga qarshi ham asosiy tarkibda tushishini kafolatlaydi.
“Shaharliklar”ning ertangi uchrashuv uchun taxminiy tarkibi:
“Sportsmole” nashri 8 fevral kungi o‘yin uchun “Manchester Siti”ning taxminiy tarkibini e’lon qildi. Nashrga ko‘ra, asosiy tarkib quyidagicha ko‘rinish olgan.
Ortega, Lyus, Husanov, Stounz, O'Reyli, Gyundogan, Maketi, Savino, De Bryuyne, Grilish, Mubama.
”Sportsmole” shuningdek, Husanov va Reys juftligi maydonga tushishi mumkinligi haqida izoh berdi.
“Kelasi hafta, ya’ni 12 fevralga o‘tar kechasi “Real Madrid”ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvini hisobga olib, Gvardiola tarkibda ayrim o‘zgarishlar qilishi kutilmoqda. Yangi futbolchilar Abduqodir Husanov va Vitor Reys himoyada asosiy tarkibda maydonga tushish imkoniyatiga ega. Ular bilan birga Riko Lyuis va Jamay Simpson-Pyusi ham himoya chizig‘ini to‘ldirishi mumkin”, deyiladi izohda.
Ma’lumot o‘rnida, “Manchester Siti”ni fevral oyida qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. 8 fevral mehmonda “Leyton Oriyent”, 12 fevralga o‘tar kechasi o‘z uyida “Real Madrid”, 15 fevral o‘z uyida “Nyukasl”, 20 fevralga o‘tar kechasi mehmonda “Real Madrid”, 23 fevral uyida “Liverpul” va 27 fevral kuni mehmonda “Tottenxem”ga qarshi o‘yinlar “shaharliklar” taqvimidan o‘rin olgan.
LiveBarchasi