“Real” futbolchilari besh yilgacha qamalishi mumkin

Sport

image

“Real Madrid” yoshlar jamoasi futbolchilari voyaga yetmagan qiz bilan intim videoni tarqatgani uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hozirda “Real Madrid” yoshlar jamoasining to‘rt nafar futbolchisi qo‘lga olingan. Tegishli jazoni belgilash uchun jabrlanuvchining yoshi, tasvirga olishga roziligi, tarqatish uning ruxsati bilan amalga oshirilgani yoki yo‘qligini hisobga olish kerak. 

Jabrlanuvchi videoni yozib olishga rozilik bermagan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 197.1-moddasi bilan bir yildan to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki jarima ko‘rinishidagi jazo beriladi. 197.3-moddaga ko‘ra esa tasvirlar tarmoqlarda tarqalib ketganini hisobga olib, jazo ikki yildan besh yilgacha qamoq jazosiga aylantiriladi. Ikkala holatda ham, agar jabrlanuvchi voyaga yetmagan bo‘lsa, jazo kuchaytiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat kodeksi qamoq Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing