“Real” Enso Fernandes bilan shaxsiy kelishuvga erishdi – OAV

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Enso Fernandes “Real Madrid” bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Migel Serrano xabar berdi.

Serranoning ma’lum qilishicha, “qirollik klubi” rahbariyati argentinalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Shu bilan birga, jurnalist hozircha “Real Madrid” va “Chelsi” klublari transfer shartlari bo‘yicha kelishuvga erishmaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi, uning agenti Xaver Pastore hamda “Real Madrid” o‘rtasidagi kelishuv transferni 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin amalga oshirish imkoniyatini nazarda tutadi.

Manbaga ko‘ra, bitimning amalga oshishi endi klublar o‘rtasidagi muzokaralarga bog‘liq bo‘ladi. Londonliklar Jahon chempioni uchun 120 million funt sterlinggacha talab qilishi mumkin. Shu sababli, “Real Madrid” transfer qiymatini pasaytirish maqsadida futbolchi almashinuvi va qo‘shimcha to‘lovni o‘z ichiga olgan variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda.

Madrid klubi argentinalik yarim himoyachini markaziy chiziqni kuchaytirish uchun eng maqbul variantlardan biri sifatida baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Enso Fernandes 2025-2026 yilgi mavsumda “Chelsi” safida Angliya Premer-ligasi doirasida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

“Chelsi” “Real Madrid” Entso Fernandes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing