“Real” eng ko‘p daromad oluvchi klublar reytingida yetakchiga aylandi
Sport
−
12:40 359 1 daqiqa
“Real Madrid” 2024-2025 yilgi mavsumda eng ko‘p daromad olgan futbol klublari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Deloitte” kompaniyasining hisobotida ma’lum qilindi.
Madrid klubi o‘tgan mavsumda 1,16 milliard yevro daromad qayd etib, ketma-ket ikkinchi yil reytingda yetakchilikni saqlab qoldi. Taqqoslash uchun, jamoaning 2023-2024 yilgi mavsumdagi daromadi 1,05 milliard yevroni tashkil etgan edi.
Reytingda ikkinchi o‘rinni “Barselona” egalladi. Kataloniyaliklar 974,8 million yevro daromad bilan 2019-2020 yilgi mavsumdan beri ilk bor kuchli uchlikka qaytdi. Uchinchi pog‘onadan “Bavariya” (860,6 million yevro) joy oldi. To‘rtinchi o‘rinda esa “Pari Sen-Jermen” (837 million yevro) qayd etildi.
“Liverpul” 836,1 million yevro daromad bilan beshinchi o‘rinni egalladi va tarixda ilk bor reytingda shunchalik yuqori pog‘onaga ko‘tarilgan ingliz klubiga aylandi. Klubning sakkizinchi o‘rindan beshinchi o‘ringa ko‘tarilishi Chempionlar ligasiga qaytishi hamda tijorat daromadining 7 foizga oshgani bilan izohlanadi.
Qayd etilishicha, reytingga kiritilgan 20 ta klubning umumiy daromadi rekord darajadagi 12,4 milliard yevroga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2023-2024 yilgi mavsumga nisbatan 11 foizga ko‘pdir.
Live
Barchasi