“Real” dunyoning eng qimmat futbol brendiga aylandi
Sport
−
18 iyul
6843Ispaniyaning “Real Madrid” futbol klubi Britaniyaning Brand Finance konsalting kompaniyasi talqiniga ko‘ra, eng qimmat futbol brendlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Jahon futbol brendlari rasmiy sayti xabar berdi.
1,7 milliard yevroga baholangan Ispaniya klubi bu borada Angliyaning “Manchester Siti”sidan (1,6 milliard yevro) reytingda 1-o‘rinni tortib oldi. Eng qimmat brendlar uchligini Ispaniyaning “Barselona” klubi (1,5 milliard yevro) yakunladi.
To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni 1,4 milliard yevrolik ko‘rsatkich bilan mos ravishda Angliyaning “Manchester Yunayted” va “Liverpul” klublari egallab turibdi. Brend qiymatining eng katta o‘sishi Germaniyaning “Bayer” klubida kuzatildi. Brend narxi o‘tgan yilga nisbatan 72 foizga oshdi va 333,6 million yevroni tashkil qildi.
Ma’lumot uchun, 2023/24 yilgi mavsumda “Real Madrid” Ispaniya chempionatida birinchi o‘rinni egalladi va Yevropa Chempionlar ligasida ham g‘olib chiqdi.
LiveBarchasi