“Real” Devis bo‘yicha navbatdagi muzokaralarni boshladi

Sport

image

Germaniyaning “Bavariya” klubi himoyachisi Alfonso Devis “Real”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglilar” shu hafta kanadalik futbolchi bilan muzokaralarni boshlagan, u haligacha “Bavariya”ning kelasi yili tugaydigan shartnomani uzaytirish shartlarini qabul qilmagan.

“Real Madrid” muzokaralar chog‘ida Devis uchun ko‘rsatilgan 50 million yevroni to‘lamaslikni reja qilmoqda. “Qaymoqranglilar” o‘zi uchun qulay bo‘lgan shartlar asosida 23 yoshli himoyachi bilan shartnoma tuzmoqchi.

Ma’lumot uchun, ortda qolgan mavsum Devis “Bavariya” safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Transfermarkt”ga ko‘ra qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Alfonso Devis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing