“Real” darvozabonini sotmoqchi

Sport

image

Kelayotgan qishki transfer mavsumida Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoadan ketishi mumkin.

"Real" rahbariyati uning o‘yinlaridan qoniqish hosil qilmayapti, shuning uchun rahbariyat uning o‘rniga boshqa darvozabon qidirmoqda. Katta ehtimol bilan "Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea kelasi yozda "Real"ga o‘tishi mumkin.

Kurtua Yevropa Chempionlar ligasi doirasidagi "Bryugge"ga qarshi uchrashuvda 2 ta gol o‘tkazib yuborgan va tanaffusda zaxiraga olingandi. Kurtua "Real"ga 2018 yilda "Chelsi"dan o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Tibo Kurtua 1992 yilda Belgiyada tug‘ilgan. U faoliyati davomida "Genk", "Chelsi", "Atletiko Madrid", "Real" klublarida to‘p surgan. 2011 yildan Belgiya terma jamoasi a’zosi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Tibo Kurtua darvozaboni

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing