Kurs UZS

USD

12 980.33

11.95

EUR

14 779.40

436.37

RUB

154.51

2.14

“Real”da keyingi penaltilarni kimlar tepishi aniq bo‘ldi

Sport

image

“Real Madrid” klubda penalti tepuvchilarni rotatsiya qilishda davom etmoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Yaqinda La liga doirasida “Valensiya”ga qarshi kechgan va “qaymoqranglilar”ning kutilmagan mag‘lubiyati (1:2) bilan yakunlangan uchrashuvda Vinisius Junior penaltini golga aylantira olmadi.

Manbaga ko‘ra, bosh murabbiy Karlo Anchelotti hali ham klubda asosiy penalti tepuvchini tanlamagan. Agar jamoa Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Arsenal”ga qarshi o‘yinda penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘lsa, Kilian Mbappe bu mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladi.

Agar fransiyalik futbolchi muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, keyingi safar navbat Jud Bellingemga keladi.

Ma’lumot uchun, 8 aprel kuni Londonda “Real” va “Arsenal”ning Yevropa Chempionlar ligasi chorak final doirasidagi birinchi o‘yini bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini 16 aprel kuni Madridda o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe Valensiya Real Madrid Karlo Anchelotti penal'ti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing