“Real”da haqiqiy muxlislar yo‘q – Saul

Sport

image

“Atletiko Madrid”ning sobiq futbolchisi, hozirda Braziliyaning “Flamengo” jamoasi safida to‘p tepayotgan Saul Niges o‘z jamoasi va Madridning “Real” klubini solishtirar ekan, hozirgi jamoasi bu borada ancha ustun ekanini ta’kidladi.

“Flamengo" klubi “Real Madrid”dan kattaroq klub. “Real Madrid”ning haqiqiy muxlislari yo‘q, faqat g‘alabalar sabab uni qo‘llab-quvvatlaydigan odamlar bor. Shu sababli, ularning stadioniga borganingizda kuchli muhitni sezmaysiz. Ammo “Marakana” stadioniga tashrif buyursangiz, u har doim to‘la bo‘ladi. Hatto safar o‘yinlarida ham tribunalar “Flamengo” muxlislari bilan to‘lib-toshadi”, deydi Saul Niges.

Ma’lumot uchun, Saul “Atletiko Madrid” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida 2013 yildan boshlab muntazam maydonga tusha boshlagan va 2025 yilgacha madridliklar sharafini himoya qilgan. 2025 yil yozidan u “Flamengo” klubi safida o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saul' N'iges “Real Madrid” “Flamengo”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing