“Real” Devis uchun kurashda yutqazmoqchi emas
Sport
−
21 Sentabr
1305Madridning "Real" klubi "Bavariya" bilan shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydigan 23 yoshli chap qanot himoyachisi Alfonso Devis bilan shartnoma imzolash uchun barcha choralarni ko‘rmoqchi. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Devis bilan shartnoma tuzayotganda “qaymoqranglilar” rahbariyati markaziy himoyachi Leni Yoroning “qizil iblislar” bilan shartnomasiga tayanadi. Madrid klubi ancha vaqtdan buyon Yoroni ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan, biroq futbolchi “Manchester Yunayted”ga o‘tishga qaror qilgan, bu esa “qirollik klubi”ning Devisga yanada qulay moliyaviy sharoitlarni taklif qilishiga sabab bo‘ladi.
Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi Myunxen klubi bilan shartnomasini uzaytirmaslik borasida yakuniy qarorga kelgan va “Real”ga o‘tishga ijobiy qaramoqda, lekin Angliya chempionati klublari ham Devisga jiddiy taklif bilan chiqishga tayyor.
LiveBarchasi