“Real” braziliyalik futbolchisi bilan shartnomani yangiladi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi braziliyalik vingeri Rodrigo bilan shartnomani 2028 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirdi. Bu haqida klub rasmiy saytida xabar berildi. 

Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglilar” Rodrigoning tovon pulini 1 milliard yevro etib belgilagan. 

Ma’lumot uchun, futbolchi 2019 yil 14 sentyabrda “Kastilya” safida debyut qilgan va 25 sentyabr kuni esa “Real Madrid”ning asosiy jamoasida gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Rodrigo “qirollik klubi” safida umumiy 179 ta o‘yin o‘tkazib, 39 ta gol urgan va 8 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madrid klubining angliyalik futbolchisi Jud Bellingem klub safidagi debyuti haqida fikr bildirgandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Real futbolchi braziliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing