“Real” braziliyalik futbolchisi bilan hamkorlikni uzaytiradi

Sport

image

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior klub bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda “Cadena Ser” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Vinisiusning “Real” bilan yangi shartnomasi 5 yilga mo‘ljallangan. Shartnomada 1 milliard yevro tovon puli ham ko‘zda tutilgan. Qayd etilishicha, Vinisius “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritsa, bonus oladi. Braziliyalik futbolchining “Real” bilan tuzgan yangi shartnomasi tez orada e’lon qilinadi.

Vinisius Junior – “Flamengo” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2018 yilning yozida “Real”ga o‘tgandi. 

O‘tgan mavsumda braziliyalik hujumchi Ispaniya chempionatida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urgan va 9 ta golga assistentlik qilgan. “Real” La Ligani 2-o‘rinda yakunladi. Madrid klubi Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalida “Manchester Siti” bilan qarama-qarshilikda mag‘lub bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Vinisius Junior

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing