“Real” bizni o‘ldirdi – Lionel Messi

Sport

image

Argentina va PSG jamoasi hujumchisi Lionel Messi Yevropa Chempionlar ligasida har doim ham eng kuchli jamoa g‘olib chiqavermasligini ma’lum qildi. U bu “TyC Sport” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Shuningdek, 34 yoshli futbolchi YeCHLning nimchorak finalida PSGning “Real Madrid”dan qabul qilib olgan mag‘lubiyati og‘ir bo‘lganini ham ta’kidlagan.

“Real Madrid” bizni o‘ldirdi. Bu o‘yin natijasi og‘ir zarba bo‘ldi. Men “Real Madrid” qanday jamoa ekanligini bilaman. Men deyarli butun umrim davomida shu klub o‘ynaydigan chempionatda faoliyat olib bordim. Biz mag‘lub bo‘lishimiz mumkinligini bilardim. Chunki ular kutilmaganda gol urishadi va o‘yinni avtomatik ravishda o‘zgartiradilar. Bu birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q.

Men Yevropqa Chempionlar ligasida yana g‘alaba qozonishni xohlayman. Bilamanki, Chempionlar Ligasida har doim ham eng yaxshi jamoa g‘olib chiqavermaydi, Chempionlar Ligasi vaziyatlarga bog‘liq, jamoani egallab oladigan og‘ir psixologik lahzalar va kim bu vaziyatlarga eng yaxshi tayyor bo‘lsa, yakunda g‘alaba qozonadi yoki finalga chiqadi”, degan argentinalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 may kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tkazilgan YeCHL finalida “Real Madrid” “Liverpul”ni 1:0 hisobida mag‘lub qilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Messi PSGga 2021 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv kelasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Parij klubiga qadar Messi butun faoliyatini Ispaniyaning “Barselona” klubida o‘tkazgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing