“Real” beshinchi marta UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Ispaniyaning “Real” futbol klubi UEFA Superkubogi uchun kechgan bahsda Germaniyaning “Ayntraxt” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv kecha, 10 avgust kuni Xelsinkidagi Olimpiya stadionida bo‘lib o‘tdi.

G‘oliblar safida David Alaba (37-daqiqa) va Karim Benzema (65-daqiqa) gollarga mualliflik qildi. Benzema uchun bu “Real” tarkibidagi 324-gol bo‘ldi va u bu borada Raulni ortda qoldirib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Jamoaning eng yaxshi to‘purari portugaliyalik Krishtianu Ronaldu (450 ta gol) hisoblanadi.

UEFA Superkubogi uchun o‘yinda Chempionlar ligasi va Yevropa ligasining o‘tgan mavsumida g‘olib chiqqan jamoalar o‘ynaydi. “Real Madrid” may oyida Angliyaning “Liverpul” jamoasini mag‘lub etib (1:0), 14-marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Yevropa ligasi finalida “Ayntraxt” Shotlandiyaning “Glazgo Reynjers” klubini penaltilar seriyasida 5:4 hisobida mag‘lub qildi. O‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlangandi.

Madridning “Real” klubi beshinchi marta UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi, bungacha jamoa 2002, 2014, 2016 va 2017 yillarda kubokni qo‘lga kiritgan. UEFA Superkubogidagi g‘alabalar soni bo‘yicha Madridning “Real” klubi Ispaniyaning “Barselona” va Italiyaning “Milan” klublari bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

“Real” va “Ayntraxt” tarixda ikkinchi marta to‘qnashdi. Bungacha klublar 1960 yili Yevropa kubogi (hozirgi Chempionlar ligasi) finalida o‘ynagan, uchrashuv 7:3 hisobida “Real” foydasiga hal bo‘lgan.

O‘yinda birinchi marta ofsaydni aniqlash xususiyatiga ega yarimavtomatik tizim qo‘llandi. Bu tizim bundan buyon Chempionlar ligasi va Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022 ning guruh bosqichi o‘yinlarida qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Superkubok

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing