“Real” “Bavariya” futbolchisi bilan kelishuvga erishdi
Sport
−
16 yanvar 3383 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi “Bavariya” himoyachisi Alfonso Devis bilan erkin agent sifatida yozgi transfer borasida deyarli kelishib oldi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishib olgan. Kanadalik futbolchi yozda transfer shartnomasini imzolashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Devisning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Joriy mavsumda 24 yoshli himoyachi barcha turnirlarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy bahosi 50 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, “El klasiko”dan keyin “Real” o‘z himoyachisi bilan hamkorlikni davom ettirmasligi xabar qilingandi.
Live
Barchasi