“El klassiko”dan keyin “Real” himoyachisi bilan shartnomani uzaytirmaydigan bo‘ldi

Sport

image

12 yanvar kuni Ispaniya Superkubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va finalda “Real” va “Barselona” klublari to‘qnash keldi. Madrid klubi yirik 2:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va bu Lukas Vaskesning jamoani tark etishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Defensa Central” xabar berdi.

“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres himoyaning o‘ng qanotida Lukas Vaskesning o‘yinidan hafsalasi pir bo‘ldi. Rahbariyat ushbu o‘yindan keyin Vaskes bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi va Peres “Liverpul” yulduzi Trent Aleksandr-Arnoldni qo‘lga kiritish uchun qo‘lidan kelganini qiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum 33 yoshli Vaskes “Real” safida barcha turnirlarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, 3,5 million yevroga baholanayotgan ispaniyalik futbolchining “qaymoqranglilar” bilan shartnomasi shu yil yozida yakunalanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Lukas Vaskes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing