“Real” Angliyada “Citi”ni mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

Sport

image

Kecha, 17 mart kuni Angliyada UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichining javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi Angliyaning “Manchester Siti” klubini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.

Manchester shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yin mehmonlar foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi. Uchrashuvning 20-daqiqasida “Manchester Siti” sardori Bernardu Silva o‘z jarima maydonchasi ichida qo‘l bilan o‘ynagani uchun qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Ushbu holat yuzasidan penalti belgilandi va 11 metrlik jarima zarbasidan Vinisius unumli foydalanib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 41-daqiqada mezbonlar hujumchisi Erling Holand o‘yindagi muvozanatni tikladi.

Tanaffus vaqtida “Real Madrid” darvozaboni Tibo Kurtua jarohat sabab almashtirildi. Uning o‘rniga Andrey Lunin maydonga tushdi. 90+3 daqiqada Vinisusning dubli uchrashuvga nuqta qo‘ydi. Shu tariqa, Pep Gvardiola shogirdlari uchrashuvda 1:2, umumiy hisobda 1:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Madriddagi dastlabki uchrashuvda “Real Madrid” 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, madridliklar chorak finalga yo‘l oldi.

Endilikda “Real Madrid” chorak finalda Germaniyaning “Bavariya” va Italiyaning “Atalanta” jamoalari o‘rtasidagi juftlik g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu qarama-qarshilikning ilk o‘yinida myunxenliklar 6:1 hisobida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Chempionlar ligasi “Manchester Siti” “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing