“Real” Anchelotti o‘rniga ikki nomzodni ko‘rib chiqmoqda

Sport

image

Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottining “Real”dagi kelajagi noma’lumligicha qolmoqda. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Mavsum yakunida Anchelotti “Real”ni tark etib, Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin.

Qayd etilishicha, Madrid klubi Braziliya terma jamoasi va Anchelotti o‘rtasidagi mavjud kelishuvlar haqidagi ma’lumotlarga qaramay, murabbiy bilan shartnomani uzaytirishga tayyor.

Biroq, ayni damda Anchelottining “Real” bilan shartnomasini uzaytirish borasida rasmiy muzokaralar olib borilmayapti. Muzokaralar 1 yanvardan boshlanishi mumkin.

Agar Anchelotti “Real”ni tark etishga qaror qilsa, klubda uning o‘rnini bosish uchun ikkita variant bor –“Bayer” bosh murabbiyi Xabi Alonso va “Brayton” ustozi Roberto De Zerbi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Karlo Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made