“Real” afsonaviy futbolchisini sotmoqchi
Sport
−
07 noyabr
11090Madridning “Real” klubi ispaniyalik futbolchi Lukas Vaskesni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Fichajes” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan va 2015 yildan buyon kattalar jamoasida to‘p surayotgan 33 yoshli futbolchiga mavsum davomida boshqa jamoalardan bir nechta takliflar tushgan.
Joriy mavsumda Lukas Vaskes klub miqyosida 13 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Transfermarkt” portali uning narxini 4 million yevroga baholamoqda. U “Real” bilan 5 marta Yevropa Chempionlar ligasi, 3 marta klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, 1 marta Ispaniya kubogi, 4 marta Ispaniya chempionati va UEFA Superkubogi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” 2 ta transfer oynasida ham faol bo‘lishi va “Livepul” a’zosi Trent Aleksandr-Arnoldni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi