“Real” 32 yoshli futbolchisi bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi
Sport
−
01 mart 2024
2580“Real Madrid” keyingi mavsumda ham tajribali himoyachi Lukas Vaskesni jamoada qoldirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub 32 yoshli futbolchiga 2025 yilning yoziga qadar yangi shartnoma taklif qiladi. Vaskesning o‘zi ham faoliyatini hozirgi klubida davom ettirishdan manfaatdor.
“Real” Vaskes ko‘rsatayotgan o‘yindan mamnun. Jamoa keyingi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining format o‘zgarishi tufayli ko‘proq o‘yinlar o‘tkazadi va klub Vaskesdek futbolchiga muhtoj bo‘ladi.
32 yoshli himoyachi 2015 yildan beri “Real Madrid”ning asosiy jamoasida to‘p surmoqda. Bungacha u “Kastilya”da o‘ynagan, “Espanol”da ham 1 mavsum o‘tkazgan.
Umumiy hisobda, Lukas Vaskes “Real” safida 337 ta o‘yin o‘tkazib, 34 ta gol urdi va 61 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsumda Lukas La Liganing 20 ta uchrashuvida 1 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
LiveBarchasi
Toshkentga tramvay qaytadi.
13 mart
Trenddagilar
