“Real” Holandni sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda

Sport

image
“Real Madrid” Pep Gvardiolaning “Manchester Siti”ni tark etishi oydinlashganidan so‘ng klub hujumchisi Erling Holandni sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” rahbariyati dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri hisoblangan Holandning vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Gvardiolaning ketishi rasman e’lon qilinishidan avval ham Holand jamoadagi rolidan noroziligini bildirgan.

Biroq ehtimoliy transferni amalga oshirish juda murakkab bo‘lishi mumkin. Chunki 2025 yil yanvar oyida norvegiyalik hujumchi “Manchester Siti” bilan 2034 yilgacha mo‘ljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolagan edi.

Shunga qaramay, Ispaniyadagi manbalar murabbiy almashishi futbolchining kelajak rejalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligiga ishonmoqda. Agar Erling Holand “Manchester Siti”ni tark etishga qaror qilsa, “Real Madrid” unga qulay shartlar taklif qilishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Erling Holand APLning joriy mavsumida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu natija bilan norvegiyalik hujumchi Premer-liga mavsumining eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Maqola muallifi

Teglar

Pep Gvardiola Erling Holand “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing