“Real” himoyasida yo‘qotish yuz berdi
Sport
−
21 fevral 1055 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi markaziy himoyachisi Din Xyoysen o‘ng boldiridan olgan jarohati sabab 5-7 kun davomida maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Klub futbolchining jarohati yuzasidan rasmiy bayonotda tiklanish muddati haqida ma’lumot bermagan. Biroq jurnalist Melchor Ruisning ma’lum qilishicha, himoyachi bugun, 21 fevral kuni La Liganing 25-turi doirasidan o‘rin olgan “Osasuna”ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi va Chempionlar ligasining “Benfika”ga qarshi pley-off javob uchrashuvini ham o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, Din Xyoysen joriy mavsumda barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt “ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroga baholanmoqda.
Live
Barchasi