“Real” himoyachisi mavsumdagi beshinchi jarohatini oldi
Sport
−
10:09 631 1 daqiqa
“Real Madrid” himoyachisi Ferland Mendi o‘ng oyog‘ining son qismidan jarohat olib mavsumda beshinchi bor safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 3 may kuni Mendi La Liganing 34-turida safarda “Espanol”ga qarshi o‘yinning (2:0) birinchi bo‘limida jarohat olgan edi. Himoyachi uchrashuvning 11-daqiqasida maydonga yiqildi, shundan so‘ng almashtirilib, tibbiy yordam bilan maydonni tark etdi.
Bu Mendining ushbu mavsumdagi beshinchi jarohati bo‘ldi. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, “Real Madrid” va futbolchining o‘zi jarrohlik amaliyoti variantini ko‘rib chiqmoqda. Agar operatsiya qilinsa, himoyachi besh oygacha safdan chiqishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli fransiyalik futbolchi ushbu mavsumda atigi 9 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Live
Barchasi