Rayan Garsiya o‘z hisobidan G‘azoga 20 mln dollar ajratdi

Sport

image

Amerikalik mashhur bokschi Rayan Garsiya G‘azo sektoriga gumanitar yordam uchun 20 million dollar xayriya qiladi. Bu haqda uning o‘zi X sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Garsiya G‘azo sektori uchun 20 million dollar gumanitar yordam jo‘natishga va’da bergan.

25 yoshli Garsiya oxirgi jangini 21 aprel tongida hamyurti Devin Xeyniga qarshi o‘tkazib, to‘liq davom etgan jangda hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi. 

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur jangdan oldin Rayan Garsiya o‘ziga 2 million dollar tikib, 12 million dollar yutib olgan. 

Shu vaqtga qadar Garsiya 27 marta ringga ko‘tarilib, janglarining 26 tasida g‘alaba qozongan. 1 ta to‘qnashuvda hamyurti Jervonta Devisga imkoniyatni boy bergan. Rayan 27 ta jangining 20 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.


Maqola muallifi

Teglar

boks G'azo Rayan Garsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing