Ermatov va uning “komandasi”ga yana bir mas’uliyatli vazifa topshirildi

Sport

image

O‘zbekistonlik mutaxassislar OFK qo‘mitalari a’zoligiga tayinlandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ya’ni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi-vitse prezidenti lavozimida ishlayotgan Ravshan Ermatov Osiyo futbol konfederatsiyasi hakamlar qo‘mitasiga bundan tashqari, Avaz Maksumov OFK futbolni rivojlantirish qo‘mitasiga, Olim Arifov OFK musobaqalar o‘tkazish qo‘mitasiga, Shavkat Imomov OFK texnik qo‘mitasiga a’zo sifatida tayinlandi.

“O‘tgan haftada O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida bo‘lib, OFK mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazdi va o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘zaro ishonch va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish xususida kelishib olingan edi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan amalga oshiriladigan turli dasturlarda O‘zbekiston vakillarining ham muntazam ishtirok etib borishi milliy futbolimiz ravnaqiga xizmat qilishini inobatga olib, qit’a futbol konfederatsiyasi bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan qadamlar tashlanmoqda.

Kuni kecha OFKning doimiy tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi qo‘mitalariga yangi a’zolar tayinlandi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, qit’amiz futbol konfederatsiyasining qo‘mitalari a’zoligiga bir qator o‘zbekistonlik mutaxassislar ham tayinlov olishdi. 

Endi hamyurtlarimiz mazkur qo‘mitalarda 2019-2023 yillar mobaynida faoliyat olib boradi. Mutaxassislar kelajakda qit’a futboli rivojiga o‘z xissasini qo‘shish uchun bor bilim va mahoratlarini ishga soladilar. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan bildirilayotgan yuksak ishonchni qadrlaydi va minnatdorchilik bildiradi”, deyiladi O‘FA tarqatgan xabarda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ravshan Ermatov futbolni rivojlantirish qo'mitasi

Baholaganlar

32

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing