Ravshan Dastirov IBWA vitse-prezidenti etib saylandi

Sport

image

O‘zbekiston Belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov Rossiyaning Qozon shahrida o‘tkazilgan Xalqaro belbog‘li kurash assotsiatsiyasi (IBWA) hisobot-saylov kongressida tashkilot vitse-prezidenti etib saylandi. Bu haqda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar bermoqda.

Shuningdek, kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida o‘tkazilgan kongressda 2020 yil sentyabr oyida Xorazm viloyati 17-20 yoshlilar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilishi ham ma’lum qilindi.

Qayd etish lozim, 31 oktyabr – 3 noyabr kunlari oralig‘ida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston 1 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xalqaro belbog'li kurash assotsiatsiyasi Ravshan Dastirov

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar