“Ravon” Rossiya bozoriga qaytdi

Olam

image

Ravon rusumidagi avtomobillarni Rossiyaga yetkazib beruvchi rasmiy distribyuter – “UzAuto Motors SNG” ushbu mamlakatga UzAuto Motors (sobiq GM Uzbekistan) mahsulotlarini yetkazib berish yangilanganini ma’lum qildi.

Hozirda Rossiya bozoridan uchta model - Ravon R4, Ravon R2 va Ravon Nexia R3ʼni xarid qilish mumkin.

O‘zbekiston 2018 yil may oyida narx siyosati qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan Rossiyaga Ravon yetkazib berishni to‘xtatgan edi. Bu utilizatsion yig‘ish stavkalari oshirilishi, shuningdek, yangi modellar ishlab chiqarish uchun korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini keng modernizatsiyalash tadbirlari bilan izohlangan edi.

Bugungi kunda "Ravon" Rossiya bozoridagi eng qulay va arzon yengil avtomobillar segmentida yetakchi bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing