Ravon Nexia R3​ Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘ldi

Jamiyat

image

Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar Top-10 reytingiga Ravon Nexia R3​ avtomobili yetakchilik qildi – may oyida mamlakatda 1007 dona model sotilgan. Bu haqda "O‘zavtosanoat" AJning axborot xizmati ma’lum qildi.

Tahlilchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston avtomobil bozorida savdo 2019 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 6% o‘sgan. O‘tgan yili Qozog‘istonda 3 536 dona Ravon Nexia R3​ sotilgan.

Bundan tashqari, Ravon ​markasi Qozog‘iston bozorida yetakchilik qilayotgan TOP-5 brendlar ro‘yxatiga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyidan buyon "UzAutoMotors" ​Qozog‘istonda avtomobillarni "Chevrolet" ​ brendi ostida sotishni boshladi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston UzAutoMotors Ravon Ravon Nexia R3​

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing