Rasmiy Toshkent Afg‘onistondagi masjidda sodir etilgan portlashni qoraladi

Jamiyat

image

Rasmiy Toshkent 2 sentyabr kuni Afg‘oniston g‘arbiydagi Hirot provinsiyasining Guzara shahridagi masjidda juma namozi vaqtida uyushtirilgan portlashni qoralaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tarqatilgan bayonotda aytiladi. 

“Afg‘onistonning Hirot shahridagi "Guzargoh" masjidida 2022 yil 2 sentyabr kuni juma namozi paytida sodir etilgan hamda tinch aholi orasida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lishi va jarohatlanishiga sabab bo‘lgan terrorchilik harakatini qat’iy qoralaymiz.  

Bu kabi qabih harakatlar Afg‘onistondagi vaziyatning  keskinlashishiga olib kelishi barobarida,  mamlakatda uzoq muddatli va barqaror tinchlik hamda milliy totuvlikning o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi. 

Halok bo‘lganlarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sog‘ayib ketishini tilaymiz”, deyiladi bayonotda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing