Rasmiy Seul Dunayda halok bo‘lgan koreyaliklar yuzasidan tergovni boshlaydi
Olam
−
02 iyun 2019
4487Janubiy Koreya hukumati 29 may kuni Vengriyaning Budapesht shahrida “Hableany” sayyohlik kateri va “Viking Sigyn” kruiz layneri to‘qnashuvi yuzasidan tergov-surishtiruv ishini boshlaydi.
Kater va kruiz layneri to‘qnashuvi sabab 7 nafar koreyalik sayyoh halok bo‘lgan, 21 kishi bedarak yo‘qolgan edi. Bu haqda yakshanba kuni Yonhap agentligi Koreya Respublikasi TIVga tayanib xabar bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, halokat sodir etishda asosiy aybdor deb “Viking Sigyn” kruiz laynerining kapitani, 64 yoshli Ukraina fuqarosi topilgan va qo‘lga olingan.
29 may kuni Vengriya parlamenti binosi yaqinida Dunay daryosida “Hableany” sayyohlik kateri va ulkan “Viking Sigyn” kemasi to‘qnashib ketgan. Bortida 33 nafar sayyoh va ikki nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan qayiq cho‘kib ketgan.
Natijada 7 kishi halok bo‘lgan va yana shuncha kishi qutqarib olingan, 21 kishi bedarak ketgan. Juma kuni Janubiy Koreya va Vengriya tashqi ishlar vazirlari falokat sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirgan.
LiveBarchasi