Rasmiy Moskva nega Rossiyada taqiqlangan “Tolibon” bilan uzoq vaqtdan beri muzokara olib bormoqda?

Olam

image

Rossiya bundan 7 yil avval "Tolibon" harakati bilan aloqalar o‘rnatishni boshlagan. Bu haqda Rossiya Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Tashqi ishlar vazirligining ikkinchi Osiyo departamenti direktori Zamir Kabulov  RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi

Zamir Kabulovning ta’kidlashicha, rasmiy Moskva bundan 7 yil avval "Tolibon" bilan mintaqadagi xavfsizlikdan tashvishlanayotganini yetkazish zarurati tufayli aloqa o‘rnata boshlagan. 

Zamir Kabulovga ko‘ra, Moskva bir necha yil avval ham AQSH qo‘shinlarini olib chiqish fonida Afg‘onistondagi vaziyat yomonlashishi haqida ogohlantirgan. 

"Biz ushbu muammolarni oldindan ko‘rganmiz shuning uchun ham yetti yil oldin "Tolibon" harakati bilan aloqa o‘rnata boshlaganmiz. Bir necha yillar avval Afg‘onistonda Amerika harbiy bazalari tarmog‘i mavjud edi, ammo ularning aksariyati Afg‘onistonga strategik jihatdan aloqasi yo‘q bo‘lib, ular butun mintaqada , jumladan, Markaziy Osiyo, Eron, Pokistonda va Xitoyda ham bo‘lishi kutilgan edi", deydi Kabulov.

Zamir Kabulovning qo‘shimcha qilishicha, agar Moskva bundan yetti yil avval "Tolibon" bilan aloqa o‘rnatishni boshlamaganda, hozir muloqot o‘tkazish qiyin bo‘lardi. 

Qayd etish joizki, birinchi marotaba 2020 yilda AQSH va "Tolibon" vakillari 18 yillik urushdan so‘ng tinchlik bitimini imzolashdi. Buning natijasida amerikalik harbiylar Afg‘oniston hududini tark etishlari kerak edi. Oq uy 11 sentyabrga qadar qo‘shinlarini olib chiqishga va’da bergan. Ayni damda esa Afg‘onistonda vaziyat keskinlashmoqda. "Tolibon" muhim bo‘lgan hududlarni egallab, yirik shaharlarga hujum uyushtirdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8-9 iyul kunlari "Tolibon" vakillari rasmiy tashrif bilan Moskvaga borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Taliban

Baholaganlar

192

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing