Rasmiy Moskva Baku va Yerevanni bosiqlikka chaqirdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Armaniston va Ozarbayjon harbiylari o‘rtasidagi ikki davlat chegarasida ro‘y bergan to‘qnashuvni “xavotirli” deb atadi va ikki tomonni ham bosiqlikka chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.

 “Bu biz uchun ham juda xavotirli xabar. Kreml har ikki tomonni ham bosiqlikka chaqiradi. Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz”, degan Peskov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, "to‘qnashuvlar muzokaralar jarayonini yaxshilashga yoki Baku va Yerevan o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolanishini qiyinlashtiradi. Shu bilan birga, Rossiya ikki davlat o‘rtasida tinchlik shartnomasini imzolash uchun muzokaralar jarayoni davom etishidan umidvor".

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Armaniston tomoni chegarada keskinlikni yuzaga keltirishda Ozarbayjonni ayblamoqda. Shuningdek, ayni paytgacha to‘rt arman askari halok bo‘lgani qo‘shimcha qilingan. Baku Armaniston Qurolli kuchlarining 12 fevral kuni Ozarbayjon chegarasidagi hujumiga javoban voqeani “qasos olish operatsiyasi” deb atagan. Avvalroq, Yerevan tergov olib borishga va aybdorlarni jazolashga va’da bergandi.


Ulkanbayeva Rayxona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ozarbayjon Armaniston Dmitriy Peskov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing