Rasmiy Baku Armaniston chegarada otishma chiqarganini e’lon qildi

Olam

image

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston bilan davlat chegarasi hududida Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalari o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 1 may kuni soat 13:40 dan 17:45 gacha Armaniston Qurolli Kuchlari bo‘linmalari Davlat chegarasining Basarkecher tumani yo‘nalishida Ozarbayjon armiyasining Kalbajar tumanining Zyaylik va Yellidja aholi punktlarida joylashgan pozitsiyalariga vaqti-vaqti bilan granata va pulemyotlardan o‘q uzgan.

Mudofaa vazirligining qayd etishicha, Ozarbayjon tomoni “adekvat choralar ko‘rgan”, “shaxsiy tarkib va texnikada yo‘qotishlar yo‘q”.

“Hozirda ushbu yo‘nalishdagi vaziyat barqaror, operativ vaziyat Ozarbayjon Qurolli Kuchlari bo‘linmalarining to‘liq nazoratida”, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Qorabog‘ urushi  

Ozarbayjon va Armaniston 2020 yil aynan Qorabog‘ hududi masalasida o‘zaro hisob-kitob qilib olishdi. Ikkinchi Qorabog‘ urushi yoki “Vatan muhorabasi” nomi bilan tarixga kirgan harbiy to‘qnashuvlar 2020 yilning 27 sentyabr kuni boshlanib, 44 kun davom etdi. 2020 yilning 9 noyabridan 10-siga o‘tar tunda “Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish haqida”gi bayonot imzolandi. Shunisi aniqki, urush yakunlariga ko‘ra, Turkiya qo‘llovidagi Ozarbayjon g‘alaba qildi. Rossiyaning yordamiga umid qilgan Armaniston esa mag‘lubiyatga yuz tutdi.  

Harbiy salohiyati bo‘yicha dunyoda 11-o‘rinda turuvchi Turkiya Qorabog‘ urushida faol tarzda Ozarbayjonni ham ruhiy, ham siyosiy, ham harbiy jihatdan qo‘lladi. Aslida, Turkiya Birinchi Qorabog‘ urushidan beri Ozarbayjonni qo‘llab keladi. 2010 yilda ikki davlat harbiy hamkorlik borasida strategik sheriklikka erishgach, ushbu qo‘llov amaliy ko‘rinish kasb eta boshladi. Shundan so‘ng, Turkiya Ozarbayjon Qurolli Kuchlari uchun zobitlar tayyorlab, ushbu davlatga qurol eksport qilish bo‘yicha Rossiya va Isroildan so‘ng uchinchi o‘ringa chiqdi. Ayniqsa, o‘tgan 2020 yilda qurol eksporti 6 barobarga ortib ketdi. Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar oldidan esa bu ikki davlat o‘zaro harbiy dala o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Mashg‘ulotlar yakunida Turkiya Ozarbayjonda 2 ta F-16 qiruvchi samolyotini ham qoldirgani aytiladi. Turkiyada ishlab chiqarilgan Bayraktar uchuvchisiz harbiy apparatlarining ham Ozarbayjon g‘alabasini ta’minlashdagi o‘rni yuqori bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog'

Baholaganlar

41

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing