Jo‘rabek Rahimov endi rosmanasiga Xorazm hokimi bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bugun, 31 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Urganch shahrida Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi sessiyasida ma’lum qilingan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. Prezident Xorazm viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Jo‘rabek Rahimovich Rahimov nomzodini tavsiya etgan.

Nomzod viloyatda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sanoatni rivojlantirish, energetika quvvatlarini oshirish, ijtimoiy masalalarni hal etish, mahallada yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha rejalarini taqdimot qilgan.

So‘ng Xorazm viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Jo‘rabek Rahimov viloyat hokimi etib tasdiqlangan.

Jo‘rabek Rahimov 1981 yil Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. U O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zosi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Jo‘rabek Rahimovich Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Unga qadar J.Rahimov Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm hokim Jo'rabek Rahimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing