Rasman: Jo Bayden AQSH Prezidenti bo‘ldi
Olam
−
20 yanvar 2021 9942 1 daqiqa
Ayni vaqtlarda Vashingtonda AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamola Harrisning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tyapti.
Marosimda dastlab saylangan vitse-prezident Kamola Harris qasamyod qabul qildi va rasman yangi lavozimga kirishdi. U AQSH tarixidagi birinchi ayol vitse-prezident bo‘ldi.
Harrisdan keyin Jozef Bayden AQSH Prezidenti sifatida qasamyod qildi. Bayden rasman AQSHning 46-prezidenti bo‘ldi.
“Men, kichik Jozef Robinett Bayden tantanali ravishda qasamyod qilamanki, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti vazifalarini sidqidildan bajaraman va Amerika Qo‘shma Shtatlari Konstitutsiyasini bor kuchim bilan qo‘llab-quvvatlayman, qo‘riqlayman va himoya qilaman. Xudo menga yordam bersin”, deya qasamyod keltirdi Bayden bir qo‘li bilan Injilni ushlagan holda.
Saylovda mag‘lub bo‘lgan Donald Tramp tarafdorlari tomonidan 6 yanvar kuni Kapitoliyda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar tufayli tadbirni o‘tkazishda jiddiy xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Vashingtonga 25 ming harbiy keltirilgan.
Inauguratsiya marosimida Donald Trampning o‘zi ishtirok etmayapti. U marosimdan bir necha soat oldin Vashingtonni tark etdi.
Demokrat, sobiq vitse-prezident, oqsoqol siyosatchi Jo Bayden AQSHning 46-prezidenti bo‘ladi. U 78 yoshida uchinchi urinishda Oq uyning ovalsimon idorasini qabul qilib olyapti va tarixda eng keksa davlat rahbari sifatida qoladi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr