Rasman: Vladimir Jirinovskiy vafot etdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 6 aprel kuni Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi 75 yoshli Vladimir Jirinovskiy vafot etdi. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin “Interfaks”ga ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 25 mart kuni ham Jirinovskiy vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq keyinroq siyosatchining o‘limi tasdig‘ini topmadi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Jirinovskiy joriy yilning 2 fevral kuni koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallangandi. Oradan biroz o‘tib, uning sun’iy nafas olish apparatiga ulangani va tibbiy koma holatiga tushirilgani aytildi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, siyosatchi o‘pkasining 70 foizi zarar ko‘rgan, biroq keyinchalik uning ahvoli yaxshilangan. 

Qayd etish kerakki, oxirgi marta Jirinovskiyning ahvoli yaxshilangani, u ko‘rsatmalar berishni boshlagani aytilgandi.

Vladimir Jirinovskiy sobiq sovet davlatlariga aloqador turli xil tuturiqsiz provokatsion fikrlar bildirishi bilan odamlarga yaxshi tanish. Ko‘plab ekspertlar uni “Kremlning og‘zi” deb hisoblaydi.

So‘nggi bor u Qozog‘istonda yanvar oyida yuz bergan tartibsizliklar SSSR tarkibida bo‘lgan barcha respublikalarda sodir bo‘lishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

430

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing