Rasman: Endi O‘zbekistonga kirib kelayotganlardan antigen testlari olinadi
Jamiyat
−
21 dekabr 2020
6917Joriy yilning 25 dekabridan O‘zbekistonga kirib kelayotgan shaxslardan koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash ekspress testini olish tartibini joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi xabar bermoqda.
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qaror qabul qilingan.
Qayd etilishicha, ekspress test aeroportlarda, temir yo‘l vokzallarida va chegara punktlarida O‘zbekistonga keluvchilarning o‘z hisobidan amalga oshiriladi.
Mazkur tartibga ko‘ra COVID-19 ga topshirilgan PZR testining manfiy natijasi to‘g‘risida ma’lumotnomaga ega shaxslardan ham eksrpess test olinadi.
Ekspress test natijalari musbat chiqqanda, bemorlar koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi yoki uy sharoitida davolanishga yo‘naltiriladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga binoan, Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi O‘zbekistonga kelishni rejalashtirgan vatandoshlarimiz va xorijiy davlatlar fuqarolaridan joriy yilning 25 dekabridan boshlab joriy qilinadigan davlat chegarasini kesib o‘tishning yangi tartibini hisobga olishni so‘raydi.
LiveBarchasi