Rasman: O‘zbekistondagi barcha maktablarda qishki ta’til uzaytirildi
Jamiyat
−
05 yanvar 2023
38688O‘zbekistondagi umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytiriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023 yilning 17 yanvarigacha davom etadi.
2022-2023-o‘quv yilining III choragi 2023 yilning 18 yanvaridan boshlanadi.
“Joriy yilning 11-17 yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda tig‘izlashtirilib o‘qitiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.
9-11 yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
9-10 yanvarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
10-15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12-17 sovuqgacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqgacha, shimolda kechalari 17-22 sovuqgacha, Ustyurtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 25-27 sovuqgacha, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqgacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqgacha pasayadi.
LiveBarchasi