Rasman! O‘zbekistonda Ramazon oyi 19 fevraldan boshlanadi
Jamiyat
−
16 fevral 8238 2 daqiqa
O‘zbekistonda joriy yilda Ramazon oyi 19 fevraldan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.
Ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi o‘rni va ahamiyati tobora ortib borayotgan Ramazon oyini munosib kutib olish va yuqori saviyada o‘tkazish, diniy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlarni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida:
2026 yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 19 fevral kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mamlakatda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
“Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida:
- kam ta’minlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
- mahallalarni o‘zaro hurmat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantirish;
- yer, suv, havo va tabiiy muhitni asrash, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni obod etish;
- Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarni isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan, ixcham, mazmunli va tejamkorlik asosida o‘tkazishga alohida e’tibor beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati joriy yilda Ramazon oyi 19 fevral kuni boshlanishini belgilagan edi. Shuningdek, , Ramazon hayiti 20 mart, juma kuni nishonlanishi ma’lum qilingan.
Live
Barchasi