Rasman: O‘zbekistonda OTMlar 16 noyabrdan an’anaviy ta’limga qaytadi
Jamiyat
−
12 noyabr 2020
25345O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini an’anaviy ko‘rinishda davom ettirishiga ruxsat berildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 12 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Yig‘ilishda qabul qilingan qarorga ko‘ra, barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy yilning 16 noyabridan oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va reja-grafik asosida o‘quv jarayonini an’anaviy shaklda davom ettirish belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 16 martidan boshlab O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalari onlayn ta’lim rejimiga o‘tgan edi.
LiveBarchasi