Rasman: O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha antirekord yangilandi
Jamiyat
−
06 may 2021
16841O‘zbekistonda kunlik koronavirus bo‘yicha antirekord yana yangilandi: kecha, 5 may kuni 452 nafar kishida kasallanish aniqlandi, ikki bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 5 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 452 kishiga ortib, 93 176 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 5 nafari Andijon viloyatida;
- 8 nafari Buxoro viloyatida;
- 5 nafari Jizzax viloyatida;
- 5 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 2 nafari Navoiy viloyatida;
- 5 nafari Namangan viloyatida;
- 85 nafari Samarqand viloyatida;
- 7 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 3 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 10 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 9 nafari Xorazm viloyatida;
- 71 nafari Toshkent viloyatida;
- 229 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar;
- Buxoro viloyatida 2 nafar;
- Jizzax viloyatida 11 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 2 nafar;
- Navoiy viloyatida 2 nafar;
- Namangan viloyatida 5 nafar;
- Samarqand viloyatida 184 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 9 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 6 nafar;
- Xorazm viloyatida 3 nafar;
- Toshkent viloyatida 68 nafar;
- Toshkent shahrida 144 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 88975 (+440) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 657 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3544 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi