Rasman: O‘runov Eron klubi bilan shartnoma tuzdi
Sport
−
07 fevral
3165O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Oston O‘runov Eronning “Persepolis” klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
O‘runov yangi jamoasi bilan 2025 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi. 23 yoshli futbolchi yangi klubida mavsumiga 807 ming AQSH dollari ishlab topadi.
O‘runovning oxirgi jamoasi Namanganning “Navbahor” klubi bo‘ldi. U namanganliklar safida Osiyo Chempionlar ligasida (OCHL) 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 1 million yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasining yana bir futbolchisi Hojimat Erkinov BAA klubi bilan shartnoma imzolagani xabar qilingandi.