Rasman: O‘ktam Barnoyev Bosh vazir o‘rinbosarligiga tayinlandi
Jamiyat
−
28 fevral 2020
9841Avvalroq, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlanayotgani haqida xabar bergan edik. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 28 fevral kuni O‘ktam Isoyevich Barnoyevni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash va shu munosabat bilan Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
U 1986 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan.
1986-1995 yillarda – Buxoro viloyati 6-son qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasining texnik bo‘limi muhandisi, texnik nazorat muhandisi, direksiya direktorining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari, direksiya direktorining moliyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
1995-1997 yillarda – “Amubuxorokanalqurilish” boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari;
1997-2000 yillarda – Buxoro viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiyot va islohotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
2000-2000 yillarda – Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hisob va hisobot uslubiyoti boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;
2000-2001 yillarda – Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i;
2001-2002 yillarda – Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini sanatsiya qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i;
2002-2004 yillarda – Vazirlar Mahkamasi Agrosanoat kompleksi yetakchi mutaxassisi;
2004-2005 yillarda – Vazirlar Mahkamasi Agrosanoat va suv xo‘jaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri;
2005-2007 yillarda – Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri;
2007-2008 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari;
2008-2010 yillarda – Samarqand viloyati hokimi;
2011-2016 yillarda – Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi;
2016-2016 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Qishlok va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi boshlig‘i;
2016-2016 yillarda – “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr