Rasman: U-20 Jahon chempionati Argentinada bo‘lib o‘tadi
Sport
−
18 aprel 2023 6896 1 daqiqa
FIFA 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati Argentinada o‘tkazilishini tasdiqladi.
Tashkilot turnir sanalari (20 may – 11 iyun) o‘zgarishsiz qolishini ma’lum qildi. Shuningdek, mundialga qur’a tashlash marosimi 21 aprel kuni Syurixda bo‘lib o‘tadi.
Aslida, turnir Indoneziyada o‘tkazilishi kerak edi, biroq siyosiy sabablar tufayli FIFA Osiyo qit’asi vakilidan mezbonlik maqomini olib qo‘ydi.
Ushbu Jahon chempionatida Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar jamoasi ham qatnashadi. U-20 O‘zbekiston jamoasi shu yili Toshkent va Farg‘ona shaharlari mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr