Rasman: Turkiya maktablarida Markaziy Osiyoni Turkiston deb atashga o‘tildi

Olam

image

Turkiya ta’lim muassasalarida endilikda Markaziy Osiyo Turkiston deb ataladi. Bu haqda kecha, 13 may kuni Istanbuldagi taqdirlash marosimida so‘z ochgan. 

Vazirning ma’lum qilishicha, “Turkiya asri ma’rifat modeli” deb nomlangan yangi ta’lim dasturi doirasida maktab darsliklaridan hukumat tashqaridan tiqishtirilgan deb hisoblangan bir qator tushunchalar olib tashlangan. “Salib yurishlari” endilikda “Salib bosqinlari”, “geografik kashfiyotlar” – “mustamlakachilikning boshlanishi”, “Markaziy Osiyo” esa “Turkiston” deb ataladi.

Tekin “Egey dengizi” tushunchasi ham tarixan to‘g‘ri emasligini qo‘shimcha qilgan. 

“Lozanna shartnomasi imzolangan paytda hech qanday Egey dengizi mavjud bo‘lmagan. Uning to‘g‘ri nomi – Orollar dengizi. Egey dengizi – Ikkinchi jahon urushidan keyin, qisman Gretsiyaning xohishi bilan muomalaga kiritilgan tushunchadir”, degan vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday atamalar fuqarolarning milliy o‘zligini anglashiga bevosita ta’sir qiladi.

“Bularning barchasi arzimas mayda narsalardek ko‘rinishi mumkin, ammo ular millat sifatidagi ongimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi”, degan u. 

Tekin so‘zining yakunida milliy o‘zlikni susaytirmaslikka da’vat etgan. 

“Imperialistik davlatlar bizni sinchkovlik bilan kuzatib turibdi. Milliy ruhimiz doimo ogoh bo‘lishi kerak”, deya bayonot bergan turk rasmiysi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing