Rasman: Tuxel “Bavariya”dan ketadi

Sport

image

Myunxenning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoadan ketadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Klub rahbariyati va Tomas o‘rtasida muhokama bo‘lib o‘tdi. Shunday qilib, tomonlar 2025 yilning 30 iyunida tugashi mo‘ljallangan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi. 

Qayd etish joiz, Tomas Tuxel 2023 yilning mart oyidan buyon “Bavariya”ni boshqarib kelayotgandi. Uning qo‘l ostida jamoa 2022/2023 yilgi mavsumda Bundesligada g‘olib chiqdi.

Joriy mavsumda Bundesliganing 22-turidan so‘ng “Bavariya” peshqadam “Bayer”dan 8 ochko ortda qolgan holda turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Ichki chempionatning navbatdagi turida myunxenliklar o‘z maydonida “RB Leypsig”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Tomas Tuxel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing