Rasman: Superligada 12 ta klub emas, 14 ta klub o‘ynaydi
Sport
−
25 fevral 2019
4510O‘zbekiston Superligasiga qur’a tashlash marosimi boshlanishiga sanoqli soatlar qolgan bir paytda musobaqa ishtirokchilari soni oshirildi. Avvaliga talablar bajarilmasa ishtirokchilar soni yanada qisqartirilishi mumkinligi aytilayotgandi. Uzun quloq mish-mishlarga ko‘ra Toshkentning Bunyodkor klubi Proligaga jo‘natilib o‘rniga “Surxon” jamoasi elitaga taklif etilishi aytilayotgandi. Buni bir qator muxlis-u mutaxassislar katta e’tirozlar bilan qarshi olishdi.
O‘FA va PFL ko‘pchilikning nafratiga duchor bo‘lishni istamadi shekilli, “Surxon”ni Superligaga olib chiqishning boshqa yo‘lini “o‘ylab topishdi”. Aytishlaricha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Litsenziyalash qo‘mitasi “Surxon” hamda “Dinamo” klublariga shartli ravishda Superliga yo‘llanmasini taqdim etgan. Buni PFLdagilar ham tasdiqladi.
Bu holatga O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov shunday fikr bildirdi: “Surxondaryo va Samarqand viloyatlari bir necha yillar davomida katta futboldan uzoqda qoldi. Ayni vaqtda “Surxon” futbol klubi Litsenziyalash qo‘mitasi ilgari surgan barcha talablarni bajardi. Shuningdek Samarqand viloyatida ham futbolni ko‘tarish ishlari boshlab yuborildi. Har ikki viloyatda millionlab futbol muxlislari katta futbolni sog‘inib qolganliklari uchun ham “Dinamo” va “Surxon” klublariga shartli ravishda Superliga yo‘llanmasini taqdim etish bo‘yicha qaror qabul qilindi”.
Eslatib o‘tamiz, bugun homiysi Pepsi hisoblangan O‘zbekiston Superligasining ushbu mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi