Rasman! Senegalning chempionligi Marokashga berildi

Sport

image

Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) apellyatsiya kengashi Afrika kubogi reglamentining 84-moddasiga muvofiq qaror chiqarib, Senegal terma jamoasini Marokashga qarshi o‘yinda 0:3 hisobida mag‘lub deb topdi va Senegalning chempionligi Marokashga berildi. Bu haqda CAF xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ushbu qaror Marokash futbol federatsiyasi tomonidan berilgan apellyatsiya asosida qabul qilingan. Shuningdek, apellyatsiya kengashi avvalgi CAF intizomiy kengashi qarorini bekor qilib, Senegal jamoasi harakatlari reglamentning 82 va 84-moddalariga zid ekani aniqlangan. Senegal futbol federatsiyasi reglamentning 82-moddasini buzgan deb topildi. Natijada, Senegal terma jamoasining Afrika kubogi finalidagi uchrashuviga texnik mag‘lubiyat yozildi va o‘yin 0:3 hisobida Marokash foydasiga hal etildi.

Bunga sabab sifatida Senegal terma jamoasining futbolchilari Afrika kubogi final uchrashuvida hakamning qaroridan norozi bo‘lib maydonni tark etgani bilan izohlangan. Reglamentga ko‘ra, ushbu holatda jamoaga texnik mag‘lubiyat yozilishi kerak bo‘lgan. 

Shuningdek, alohida intizomiy holatlar bo‘yicha ham qarorlar e’lon qilindi:

Ismoil Saibari bo‘yicha apellyatsiya qisman qanoatlantirildi. Uning intizomiy qoidalarni buzganligi haqidagi qaror o‘z kuchida qoldirildi. Futbolchiga nisbatan jazo 2 ta rasmiy o‘yinga diskvalifikatsiyaga o‘zgartirildi (shundan 1 tasi shartli). Unga qo‘yilgan 100 ming AQSH dollari miqdoridagi jarima bekor qilindi.

Bundan tashqari, boshqa epizodlar yuzasidan ham quyidagi qarorlar qabul qilindi:

To‘p olib beruvchi bolalar bilan bog‘liq voqea uchun javobgarlik Marokash federatsiyasi zimmasiga yuklatildi va jarima 50 ming dollargacha kamaytirildi.

Lazer hodisasi bo‘yicha jarima 10 ming dollargacha kamaytirildi.

CAF Apellyatsiya kengashi bayonotiga ko‘ra, boshqa barcha talab va murojaatlar rad etilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Afrika kubogi final uchrashuvining qo‘shimcha bo‘limlarning  94-daqiqasida Pape Gueyening goli evaziga Senegal o‘z tarixida ikkinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Marokash Senegal Afrika kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing