Rasman! Rossiya hech qanday kelishuvsiz urushni davom ettiradi

Olam

image

Rossiya  Ukrainada “maxsus harbiy operatsiya”ni davom ettirish orqali o‘z maqsadlariga erishadi, chunki Kiyev muzokaralarni istamaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Asosiysi shundaki, mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan bir necha bor ta’kidlangan Ukraina tomonining de-fakto va de-yure pozitsiyasi Ukraina de-fakto ham, de-yure ham muzokara olib bora olmasligini va istamasligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasining maqsadlari “maxsus harbiy operatsiya”ni davom ettirish orqali amalga oshiriladi", deydi Peskov.

Shuningdek, u Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Xitoy rahbari Si Szinpinga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni Ukrainadagi kelishuv bo‘yicha muzokaralar stoliga qaytishga ishontirish haqidagi iltimosiga ham izoh bergan.

“Hozircha, biz muzokaralar stolini ko‘rmayapmiz”, deydi Putinning matbuot kotibi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Kreml Zelenskiyning G20 sammitida tinchlikka erishish bo‘yicha o‘n bandlik rejasi haqidagi bayonotlarini ko‘rgan.

Bundan tashqari, u Rossiya o‘z hududida “maxsus harbiy operatsiya” vaqtida buzilgan infratuzilmani tiklayotganini, Ukrainada hech qanday tiklash ishlari haqida gap yo‘qligini aytib o‘tgan.

Dmitriy Peskov jurnalistlarning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning “hamma hammasi uchun” formulasi bo‘yicha mahbuslarni almashish tashabbusi haqidagi savollariga javob bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Zelenskiy bugun, 15 noyabr kuni Balida bo‘lib o‘tayotgan G20 sammitida videokonferensaloqa orqali chiqish qilib, jahon hamjamiyatini Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatish uchun aniq choralar ko‘rishga chaqirdi. Davlat rahbari urushni tugatishning majburiy shartlarini aytdi. Shu munosabat bilan u Kiyevning takliflarini sanab o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

564

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing